Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi ekspertlar guruhining mandatini uzaytirish bo‘yicha ovoz berishda veto huquqidan foydalandi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi ekspertlar guruhining mandatini uzaytirish bo‘yicha ovoz berishda veto huquqidan foydalandi

Garchi sanksiyalar rejimining o‘zi rasman bekor qilinmagan bo‘lsada, bu ekspertlar guruhi faoliyatining to‘xtatilishiga olib keladi.

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida bu qarorga qarshi ovoz bergan yagona davlat edi. Rossiyaning tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ekspertlar guruhini "noxolis va sifatsiz ma’lumotlar asosida faoliyat ko‘rsatayotgani" uchun tanqid qildi va Moskva anchadan beri sanksiyalar rejimini qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanini bildirdi.

So‘nggi oylarda G‘arb davlatlari va Ukraina rasmiylari Shimoliy Koreya Rossiyaga katta miqdorda artilleriya snaryadlari va ballistik raketalar yetkazib berayotganini aytib kelishmoqda. Moskva KXDR qurollarini sotib olganini rad etmoqda .

"Ayni damda Rossiya Shimoliy Koreni Ukrainadagi urush uchun o‘q-dorilar va ballistik raketalar yetkazib bergani uchun ko‘proq rag‘batlantirishdan manfaatdor ko‘rinadi", — deya bunga munosabat bildirdi Janubiy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Xvan Chjung-Kuk.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!