RSHTYOIM Xorazm filialiga direktor tayinlandi

RSHTYOIM Xorazm filialiga direktor tayinlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch xirurgiya bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan Bekchanov Husan Nurullayevich ushbu filial direktori lavozimiga tayinlandi.

H. Bekchanov 1979 yilda Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2003 yilda 1-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 2006 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida xirurgiya yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.

Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis faoliyati davomida akademik V.Vohidov nomli respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi jarrohi, Toshkent viloyati o‘sma kasalliklar dispanseri birinchi jarrohlik bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.

H.Bekjanov 2003 yildan beri Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali shoshilinch xirurgiya bo‘lim mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!