Reauters: Bayden va Makron Rossiya aktivlaridan keladigan daromaddan foydalanish bo‘yicha kelishib oldilar

Reauters: Bayden va Makron Rossiya aktivlaridan keladigan daromaddan foydalanish bo‘yicha kelishib oldilar

AQSh va Fransiya prezidentlari Jozef Bayden va Emmanuel Makron Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan tushumlarni Ukrainaga o‘tkazish masalasida konsensusga erisha oldi.

Bu haqda Reuters Oq uy rahbari bayonotiga tayanib xabar berdi .

«Jo Bayden Emmanuel Makron bilan muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan daromadni Ukrainaga yordam berish uchun ishlatish bo‘yicha kelishuvga erishganini aytdi», — deyiladi matnda.

Avvalroq Bloomberg Germaniya AQShning G‘arbda muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan Kiyev rejimiga yordam berish uchun foydalanish rejasini qo‘llab-quvvatlashini yozgan edi .

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Rossiyaning muzlatilgan aktivlari Kiyev foydasiga musodara qilinishi mumkinligini aytdi . Uning so‘zlariga ko‘ra, bu imkoniyatga AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanadani o‘z ichiga olgan G7 davlatlari ruxsat bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!