"Real" yarim himoyachisi mavsum yakunida klubni tark etadi

"Real" yarim himoyachisi mavsum yakunida klubni tark etadi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalyos mavsum oxirida jamoani tekinga tark etadi, deb xabar beradi Marca.

Klub rahbariyati 26 yoshli futbolchi bilan yakunlanadigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, Sebalyos so‘nggi ikki mavsum davomida "Real Madrid"da rotasiya o‘yinchisi bo‘lgan. Bungacha futbolchi Londonning “Arsenal” klubida ikki yil ijara asosida o‘ynagan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 14 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!