"Real" prezidenti Ronalduni qaytarish haqidagi savolga javob berdi

"Real" prezidenti Ronalduni qaytarish haqidagi savolga javob berdi

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Xelsinkida "Ayntraxt"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun o‘yin oldidan muxlislar bilan qisqa suhbatlashdi.

Yig‘ilganlardan biri Peresdan hujumchi Krishtianu Ronalduni "Real"ga qaytarish imkoniyati haqida so‘radi.

Ammo Madrid klubi prezidenti qat’iy javob berdi: "Krishtianu bilan shartnoma imzolaysizmi? U 38 yoshda”.

Avvalroq, 37 yoshli portugaliyalik "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchiligi, chunki u Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoada o‘ynashni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!