"Real" prezidenti Mbappedan "Real"ga o‘tish kafolatini ertaroq olmoqchi

"Real" prezidenti Mbappedan "Real"ga o‘tish kafolatini ertaroq olmoqchi

"Real" prezidenti Florentino Peres "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappedan keyingi yozda erkin agent transferi bo‘yicha oldindan kafolat olishni istamoqda, deya xabar bermoqda Sport.es nashri.

Qayd etilishicha, madridliklar ushbu savdoda ishtirok etish niyatida emas va Peresning o‘zi "boshqa o‘yinchi rad etgani uchun uni masxara qilish"dan qo‘rqadi.

"Real Madrid" vakillari allaqachon 24 yoshli fransiyalik futbolchining atrofidagilarni joriy mavsum yakuniga qadar u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotganliklari haqida xabar berishgan.

"PSJ" Mbappega shartnomani uzaytirish taklifi bilan chiqdi. Kilian rad etishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda forvard "PSJ" safida 9ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!