«Real»ning yana bir yetakchisi safdan chiqdi

«Real»ning yana bir yetakchisi safdan chiqdi

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Bu haqda AS xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, uelslik futbolchi son qismidagi mushagidagi og‘riq his qilgan. Beyl ushbu jarohat tufayli La liga doirasida "Espanyol" va Yevropa chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Ammo u "Barselona" bilan o‘yingacha tiklanishi mumkin.

Avvalroq "Qirollik klubi"ning ikki yetakchisi — Eden Azar va Marselo safdan chiqqan edi.

"Barselona" - "Real" o‘yini 18 dekabr kuni "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!