«Real Madrid» yangi yarim himoyachi sotib oladi

«Real Madrid» yangi yarim himoyachi sotib oladi

«River Pleyt»ning 16 yoshli yarim himoyachisi Franko Mastantuono Ispaniya chempionatiga o‘tishga yaqin turibdi. "Sport.es" xabariga ko‘ra, futbolchi «Real» bilan shartnoma imzolaydi.

Argentina klubi prezidenti kelishuvni yakunlash uchun Ispaniya poytaxtiga uchib ketdi. "Los-Blankos" futbolchining o‘zi bilan shaxsiy mehnat shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Agar kelishuv amalga oshsa, Mastantuono faqat kelasi yilning avgust oyida, 18 yoshga to‘lganda "qirollik klubi" safiga qo‘shila oladi.

"Transfermarkt" Frankoni 10 million yevroga baholagan. Futbolchining «River Pleyt» bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!