"Real" hujumchisiga APLdan takliflar bor

"Real" hujumchisiga APLdan takliflar bor

“Real” hujumchisi Marko Asensio faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Londonning "Arsenal", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda. Oldinroq Madrid klubi Asensio bilan 2022/23 yilgi mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarni inobatga olgan holda beshta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 35 million yevroga teng.

Madridning “Real” klubi La Ligada yetti turdan keyin 19 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!