Ramazon arafasida bozorlarda narx-navo qay darajada o‘zgardi?

Ramazon arafasida bozorlarda narx-navo qay darajada o‘zgardi?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 5 may holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Chorsu dehqon bozorida qayd etilgan 32 000 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida, hamda Namangandagi Sardoba dehqon bozorida qayd etildi 13 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi 14 000 20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar Siyob dehqon bozorida qayd etilgan 4 000 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatilgan 5 500 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

7 200 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan 12 500 so‘mgacha.

Un

1 500 so‘mdan 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi Farhod bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 1 500 2 000 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Mirobod dehqon bozorida qayd etildi 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 4 300 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Termiz shahri markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 4 900 5 500 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi Chorsu , Farhod , Yunusobod va Qo‘yliq dehqon bozorlarida qayd etildi 1 200 so‘mdan 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi 3 000 4 500 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Yerqo‘rg‘on dehqon bozori, Toshkentdagi Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorida kuzatildi 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan shahri Sardoba dehqon bozorida qayd etildi 10 000 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi Sardoba dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri Sardoba dehqon bozorida va Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorida qayd etildi 800 3 500 so‘m.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!