Rag‘bat mustaqil hayot sari ishonchli qadam demakdir

Rag‘bat mustaqil hayot sari ishonchli qadam demakdir

Jizzax viloyati umumta’lim maktablarining 11-sinflarini joriy o‘quv yilida 12 ming 591 nafar o‘quvchi bitirdi. Ulardan 82 nafari maktabni oltin va 82 nafari kumush medallar bilan tugalladi.

 

Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida maktabni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Taqdirlash marosimida hokimlik, xalq ta’limi idoralari rahbariyati, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar ishtirok etdi.

 

– Davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan biz ota-onalar behad xursandmiz, – deydi Paxtakor tumanida yashovchi Dilrabo Mustanova. – O‘g‘lim Otabek tumanimizdagi 13-umumta’lim maktabining 11-sinfini a’lo baholarga bitirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. A’lo o‘qigani uchun mukofotlangani uning Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi. Uning oliy o‘quv yurtiga kirib, Vatanimiz uchun astoydil xizmat qiladigan mutaxassis bo‘lib yetishishiga ishonaman.

 

Tadbirda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan bitiruvchilarga viloyat hokimligi, xalq ta’limi boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!