Quyosh tizimida yangi eng uzoq ob’ekt aniqlandi

Quyosh tizimida yangi eng uzoq ob’ekt aniqlandi

Olimlar Quyosh tizimidagi eng uzoq ob’ekt nomiga yangi da’vogarni aniqladi. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Ob’ekt quyoshdan 140 astronomik birlik uzoqda joylashgan.

Ob’ektni kashf qilganlar unga FarFarOut deb nom bergan. Ular, shuningdek, ob’ekt haqida ko‘p narsa bilmaganini va uni noma’lum sayyorani izlash jarayonida tasodifan aniqlaganini ham tan olgan.

Vashingtondagi Karnegi fanlar instituti astronomi doktor Skott Sheppard muayyan tahlillar jarayonida osmon jismini aniqlagan. U Quyosh tizimidagi eng uzoqda joylashgan ob’ekt sifatini rekord o‘rnatgan 120 a.e. (11 milliard mil). Doktor bu ob’ektni dekabr oyida aniqlagan.

Shu paytgacha eng uzoq ob’ekt mitti Erida sayyorasi bo‘lib, u 96 astronomik birlik uzoqda edi. Pluton esa 34 astronomik birlik uzoqda joylashgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!