Quvadagi "raddom"da chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aytildi

Quvadagi "raddom"da chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aytildi

Quva tuman tug‘uruq bo‘limidagi holat vazirlik nazoratiga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aks etgan videotasvir tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, 2005 yil Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan D.U. 2024 yilning 31 mart kuni Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik-1, tug‘uruq-1, 28 hafta, erta tug‘ish xavfi” tashxisi bilan murojaat qilgan.

Bemor homiladorlik bilan Toshloq tumanida dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Tug‘uruq 2024 yil 1 aprel kuni soat 08:45 larda amalga oshirilgan.

Shu kuni soat 17:00 larda esa chaqaloqning ahvoli og‘irlashib, unda biologik o‘lim holati kuzatilgan. Uning o‘limiga muddatidan oldin (7 oylik) tug‘ilganligi sabab bo‘lgan.

Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga yuborildi.

Shuningdek, hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!