Quturish qanaqa kasallik?

Quturish qanaqa kasallik?

Quturish kasalligi – nerv sistemasining kuchli zararlanishi bilan kechadigan, 100 foiz o‘lim bilan tugaydigan o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.

Odamga kasallik quturish kasalligiga chalingan hayvonlarning (it, mushuk, yovvoiy xayvonlar) tishlashi va so‘laklashi natijasida yuqadi.

- Bu kasallikda boshqa yuqumli kasalliklarda kuzatilmaydigan suvdan qo‘rqish, havodan qo‘rqish kabi kasallik alomatlari kuzatiladi va nafas markazining falaji oqibatida bemor juda qiynalib vafot etadi.

Profilaktikasi: it va mushuklarni saqlash qoidalariga qat’iy rioya etish;
- ularni quturish kasalligiga qarshi emlatish ;
- agar it tishlasa o‘z vaqtida quturishga qarshi vaksina olish;
- kemiruvchilarga qarshi kurashish.

Sanepidqo‘mita Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!