Qurilish: soxtalashtirish holatlari aniqlandi

Qurilish: soxtalashtirish holatlari aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlari tomonidan qurilish sohasida qonuniylikni ta’minlash borasida nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan 707 ob’ektda olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli va muddatida bajarilishi, ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratilgan 1,3 trillion so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi ustidan tizimli nazorat olib borildi. Nazorat tadbirlari davomida 140 holatda sifatsiz bajarilgan 3,1 milliard so‘mlik, 81 holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 34,4 milliard so‘mlik ishlar aniqlanib, bartaraf etilishi ta’minlandi. Vazifalarni bajarmagan 41 nafar mas’ul shaxs intizomiy, 152 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlanib, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 28 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yilda ham 1,2 trillion so‘mlik 201 ob’ektda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ustidan prokuror nazorati olib borilmoqda. Bu yil ham asosiy e’tibor qurilish sohasida loyihalar ishlab chiqishda, ularni ekspertizadan o‘tkazishda, tender savdolarini amalga oshirishda va umuman, qurilish jarayonlarining barcha bosqichlarida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan. Ammo ayrim mas’ullar tomonidan qurilish sohasida mansabini suiiste’mol qilish holatlari ham kuzatilmoqda.

Xususan, 2023 yil davomida qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimida ishtirok etuvchi mas’ul shaxslar tomonidan “Shaffof qurilish” tizimiga ayrim pudratchi tashkilotlarning manfaatlarini ko‘zlab, soxta ma’lumotlar kiritish orqali ularning tender savdolarida g‘olib bo‘lishiga erishilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan 6 ta idora va tashkilot mas’ullariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!