Qo‘qonda suv ta’minoti xodimi tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘ldi

A A A
Qo‘qonda suv ta’minoti xodimi tadbirkordan pul undirmoqchi bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ Qo‘qon shahar bo‘limi nazoratchisi K.R. “D.M.” MCHJga qarashli turar-joy binosini ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, suvdan noqonuniy foydalanganligi bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish va ichimlik suvi tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilib, 4,1 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!