Qo‘ng‘irot tumanida bir guruh erkaklar ishtirokida mushtlashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Qo‘ng‘irot tumanida bir guruh erkaklar ishtirokida mushtlashuv yuzaga keldi (VIDEO)

Bugun ijtimiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida bir guruh erkaklar ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Zamon.uz sayti ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati boshlig‘i Dauran Yelmuratov bilan bog‘landi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘ng‘irot tumanidagi bir nechta fuqarolar o‘rtasidagi mojaro haqiqatdan ham yuz bergan.

Janjal shu yilning 16 avgustida Qo‘ng‘irot tumanining Navoiy MFY hududida sodir bo‘lgan. Hozirda tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!