Qozog‘istonning Freedom Finance banki MIR kartalari bilan operasiyalarni to‘xtatdi

Qozog‘istonning Freedom Finance banki MIR kartalari bilan operasiyalarni to‘xtatdi

Qozog‘istonning Freedom Finance banki sanksiyalar tufayli MIR kartalaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Bankning komplayens riskini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish doirasida 2024 yil 23 fevraldagi AQSh sanksiya qonunchiligidagi yangiliklar hisobga olindi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Bank hozirda xorijiy yurisdiksiyalarning ikkilamchi sanksiyalarini qo‘llash xavfini minimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar masalasi ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!