Qozog‘istonda poyezd avtobusni urib ketdi (video)

A A A
Qozog‘istonda poyezd avtobusni urib ketdi (video)

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 15 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da «Olmaota—Qo‘stanay» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdi qo‘riqlanadigan temiryo‘l kesishmasida to‘xtab qolgan avtobusga kelib urildi.


Tengrinews’ning xabar berishicha, avtobus haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Uch kishi — bir ayol va kichik yoshdagi ikki bola tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Xabar berishlaricha, uchala jabrlanuvchi ham jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.


Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi taqiqlovchi signallarga qaramay, temiryo‘l kesishmasiga chiqib kelishi oqibatida YTH yuz bergan. Hodisa guvohlarining aytishicha, poyezd kelib urilishi muqarrar bo‘lib qolgach, haydovchi barcha yo‘lovchilarni avtobusdan tushirgan, lekin o‘zi tushishga ulgurmay qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!