Qozog‘istonda migrasiya qonunini eng o‘zbekistonliklar buzayotgani aytildi

Qozog‘istonda migrasiya qonunini eng o‘zbekistonliklar buzayotgani aytildi

Mamlakat IIV ma’lumotlariga ko‘ra, migrasiya qonunchiligini buzganlik uchun 9800 xorijlik ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shundan 1000 nafari mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

“Qozog‘iston migrasiya qonunchiligini ko‘proq O‘zbekiston fuqarolari buzyapti, asosan bu bo‘lish turish muddatiga amal qilmaslik”, - deyilgan xabarda.

Eslatamiz, o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan 30 kungacha qolishi mumkin. Ishlamoqchi bo‘lganlar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzib, yashash va ishlash uchun ruxsatnoma olishlari darkor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!