Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi 3 haftadan beri topilmayapti

Qozog‘istonda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi 3 haftadan beri topilmayapti

Aqmola viloyatida 3 hafta oldin bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi qidirilmoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi.

Hududiy PD matbuot xizmatining xabar berishicha, 1972 yilda tug‘ilgan Qulmaxanbet Abduxalilovich Rahmonqulovning bedarak yo‘qolgani haqidagi xabar joriy yilning 22 yanvar kuni Birjan Sal tumani PBga kelib tushgan.

Yaqinlarining aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Qozog‘istonga 2023 yil 22 noyabr kuni kelgan. U bir muddat Astanada yashagan, keyin dekabr oyida Birjan Sal tumanidagi Krasnoflotskoye qishlog‘iga kelgan. U o‘sha qishloqda bedarak yo‘qolgan.

“U kishi Krasnoflotskoye qishlog‘idagi mahalliy fermada ishlagan. Erkakni qidirish jarayonida unga aloqador shaxslar aniqlangan. Ayni paytda qarindosh-urug‘, tanish-bilish, qishloqdoshlardan so‘rashdi. Hozirda Birjan Sal tumani PB xodimlari xorij fuqarosini qidirishga jalb etilgan”, — deyiladi PB xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!