Qozog‘istonda 10 mingga yaqin olim ayol bor

Qozog‘istonda 10 mingga yaqin olim ayol bor

– Qozog‘istonda 22 456 nafar olim bor, ulardan 9 691 nafari ayollardir. Bu haqda QR Fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek ma’lum qildi.

Vazir mamlakatdagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot sohalarida olima ayollar tinimsiz mehnat qilayotganini ta’kidladi.

“Qozog‘istonda 22456 nafar olim faoliyat yuritadi, shundan 9691 nafari ayollardir. Bu, albatta, katta yutuq.

Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qanchadan qancha olim xotin-qizlar yurt tarixi, millat manfaatlari yo‘lida xizmat qilganini anglash qiyin emas. Birgina misol, birinchi qozoq ayol shifokori – Aqqag‘az Dosjanova. 1893 yilda Torg‘ay viloyati, Aqto‘be tumanida tug‘ilgan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng A.Dosjonova ginekologiya va pediatriya yo‘nalishida tibbiyot mutaxassisligi bo‘yicha ishladi.

Xalqimizdan chiqqan birinchi ayol geolog-olim Patshayim Tajibayevadir. P.Tajibayeva geologiya fani doirasida litologiyaning fundamental sohasiga asos solgan qozoq qizi. Bunday shaxslar bilan o‘tmishimiz yorug‘ va ibratlidir. Zakarya Kunsulu Dqltonqizini kechagi Aqqag‘az, Patshayim kabi olimalarning izdoshi sifatida tilga olamiz. K.Daltonqizi Qozog‘istonning COVID-19 ga qarshi QazVac vaksinasini ishlab chiqqan va mahalliy tibbiyotga katta hissa qo‘shgan olimdir. Bundan tashqari, Kunsulu xonim yaqinda dunyoning TOP olimlari qatoriga kirdi”, – dedi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!