Qozog‘iston TIV Rossiyadagi fuqarolarni o‘zlari bilan hujjatlar olib yurishga chaqirdi

Qozog‘iston TIV Rossiyadagi fuqarolarni o‘zlari bilan hujjatlar olib yurishga chaqirdi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov Rossiyadagi qozog‘istonliklarni shaxsi va mamlakatda bo‘lish maqsadini tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurishga chaqirdi. Bu haqda Orda xabar bermoqda.

«Hududida yirik terakt sodir bo‘lgan har qanday davlat avtomatik ravishda xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko‘radi. Shuning uchun hibsga olish va tekshirishlar normal holat», — dedi Smadiyarov va Qozog‘iston fuqarolaridan hozircha hibsga olish va hujjatlarni tekshirish bo‘yicha hech qanday shikoyat kelib tushmaganiga aniqlik kiritdi.

TIV vakilining aytishicha, Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xolldagi terakt qurbonlari orasida Qozog‘iston fuqarolari yo‘q. Smadiyarov shuningdek, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 40 mingdan ortiq qozog‘istonlik talaba tahsil olayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!