Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Qambarota GES-1'ni qurish bo‘yicha Bitim imzoladi

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Qambarota GES-1'ni qurish bo‘yicha Bitim imzoladi

Bugun, 10 iyun kuni Avstriyaning Vena shahrida Jahon banki guruhi ko‘magida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan «Qirg‘iz Respublikasi Xalqaro energetika investisiya forumi»ning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov ham ishtirok etmoqda.

Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Qirg‘izistonning energetika sohasini isloh qilish borasidagi ishlarini namoyish etish, investisiya imkoniyatlarini, jumladan, «Qambarota GES-1» loyihasini muhokama qilish, Markaziy Osiyoda toza energiyaga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha salohiyatni namoyish etishdan iborat.

Forumda sohaning 200 nafarga yaqin vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Avstriya, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya davlatlaridan kelgan vakillar, Yevropa Ittifoq hamda bir qator xalqaro moliya institutlari mutasaddilari qatnashyapti.

Forum doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Energetika vazirliklari o‘rtasida «Qambarota GES-1»ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida uch tomonlama Bitim imzolandi.

Unga ko‘ra, energetika sohasida, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va «Qambarota GES-1» suv-energetika resurslaridan foydalanishning o‘zaro maqbul mexanizmlarini yaratishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!