Qozog‘iston AQShga uran eksportini oshiradi

Qozog‘iston AQShga uran eksportini oshiradi

Dunyodagi eng yirik uran qazib oluvchi Qozog‘iston AQShning energetika kompaniyalariga ushbu metall eksportini ko‘paytirish bo‘yicha "faol ishlamoqda". Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Mamlakat Energetika vazirligi seshanba kuni AQSh senatori Stiv Deyns bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda energetika sohasidagi hamkorlik muhokama qilinganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat allaqachon Southern Co, Constellation Energy Corp. va Duke Energy Corp kabi kompaniyalar bilan 2032 yilgacha uran mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan.

Butunjahon yadroviy assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston jahon uran zahiralarining 12 foiziga ega va 2022 yilda 21 ming tonnaga yaqin uran ishlab chiqargan, bu o‘sha yili jahon ishlab chiqarishining 43 foizini tashkil qilgan.

Dunyo bo‘ylab hukumatlar iqlim o‘zgarishi siyosatining bir qismi sifatida atom energetikasiga murojaat qilayotgani sababli ushbu radioaktiv metalga bo‘lgan talab ortmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Rossiyadan yadroviy reaktorlar va qurollarni yoqilg‘i bilan ta’minlashda foydalaniladigan boyitilgan uranni import qilishni taqiqlamoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!