Qobuldagi prezident saroyida Qurbon hayiti kuni ham portlash ovozlari eshitildi

Qobuldagi prezident saroyida Qurbon hayiti kuni ham portlash ovozlari eshitildi

Sinxua agentligining xabar qilishicha Qobuldagi prezident qarorgohiga bir nechta reaktiv snaryad uloqtirilgan.

Afg‘onistonning “Tolo nyus” telekanali xabarlariga ko‘ra, raketalar bayram munosabati bilan amalga oshirilayotgan ibodat paytida tushgan. Yana bir boshqa telekanal esa saroy yaqinida uch karra portlash ovozi eshitildi deya ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, kecha Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Tolibonlarga qarshi havodan berilayotgan zarbalarning videolarini tarqatgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!