Qizib turgan pechlarda tiriklayin yoqilgan bolalar… (FOTO)

Qizib turgan pechlarda tiriklayin yoqilgan bolalar… (FOTO)

Bugun Xolokost qurbonlarini xotirlash xalqaro kuni nishonlanadi.

1945 yilning 27 yanvarida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo‘lmish sobiq sovet qo‘shinlari nasistlar tomonidan asos solingan Osvensim o‘lim lagerini ozod qilgan edi. Har yili butun dunyoda 27 yanvar kuni Xalqaro Xolokostni xotirlash kuni sifatida nishonlanadi. 

Xolokost so‘zining asal ma’nosi – “kuydirilgan“, “olov orqali yo‘q qilish“, “qurbonlik“ degan ma’nolarni anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Polshada nasistlar tomonidan barpo qilingan eng yirik Osvensim-Birkenau o‘lim lagerida 1,5 milliondan 4 milliongacha odam o‘ldirilgan. Ularning asosiy qismi yondirilgan. Atigi yetti ming kishi tirik qolgan. Biroq Osvensimda halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas. Chunki ko‘plab hujjatlar yo‘q qilingan, fashistlarning o‘zi gaz kamerasiga jo‘natiladiganlarning aniq sonini hisobga olishmagan.

1942 yildan Osvensim lageri nasistlarning yahudiylarni qirish rejasining bir qismiga aylangan. Fashistlar qariyb 6 million yahudiyni o‘ldirgan, shundan bir yarim millioni bolalar, bu o‘sha paytdagi dunyodagi yahudiylarning umumiy sonining uchdan biriga teng edi. Fashistlar tomonidan nafaqat nafaqat yahudiylar, balki Yevropa lo‘lilari, sovet asirlari va boshqalar ham o‘ldirilgan. Bu kurash orqali umuman butun xalqni yo‘q qilishga urinishgan.

Tutqunlarni muntazam xo‘rlik va qiynoqlarga tutganlar. Mahkumlarga mahsus tamg‘a, tatuirovkalar urilgan. Qirish uchun yuborilgan yahudiylar maxsus tanlov jarayonidan o‘tkazilgan. Yosh bolalar, keksalar va xastalar gaz kameralarida yoqilgan. Tirik qolganlar esa qul qilib ishlatilgan. Mahkumlar ochlikka yuz tutganlar, qiynoqlarga solingan, ularning tanasida tibbiy eksperimentlar o‘tkazilgan. Qochmoqchi bo‘lganlar yoki isyon ko‘targanlar qatl etilgan.

Qizib turgan pechlarda tiriklayin yoqilgan bolalar… (FOTO)

O‘lim lagerlarda minglab turli yoshdagi bolalar ham o‘q yomg‘irlar ostida qolgan. Mehnat koloniyalarida, qorong‘u vayronalarda, qishning ayozli kunlarida yarim och, yarim yalang‘och bir burda non orzusi bilan ochlikka dosh berishi qiyin bo‘lib arang mitti jonlarini saqlashgan. Odam boshiga kuniga 125 gramm suvi silqillagan qop-qora taxir nonning burdasiga ham odamlar xursand bo‘lishgan.

Sharqiy va Markaziy Yevropa va sobiq Ittifoqning ishg‘ol qilingan shaharlarida nemislar yahudiy aholisini maxsus belgilangan joylarga haydab chiqarishgan. Ularning aksariyati devorlar bilan o‘ralgan va odamlar u yerda butun dunyodan butunlay ajratilgan holda yashashgan. Boshqa gettolar aholisi shaharga ishlashga borish imkoniyatiga ega edilar. Eng mashhuri Varshava gettosi edi, u yerda 400 ming yahudiy, nafaqat eng kattasi bo‘lgani uchun, balki 1943 yil bahorida uning mahbuslari qo‘zg‘olon ko‘targanlari uchun ham shafqatsizlarcha o‘ldirililgan edi.

Qizib turgan pechlarda tiriklayin yoqilgan bolalar… (FOTO)

Mana, oradan shuncha yil o‘tibdiki, urushning og‘riqli xotiralari aslo unutilmaydi. Bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida genosid qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklar va muzeylar mavjud va har yili 27 yanvar kuni xotira tadbirlari va aksiyalari o‘tkaziladi. Xalqaro miqyosda Butunjahon Xolokost forumi ham o‘tkaziladi. Xolokost qurbonlarini, qo‘shinlari nasizmni mag‘lubiyatga uchratgan kuchlarni va boshqa odamlarni qutqarish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan jasur qalblar sharaflanadi.

Bugun “Osvensim” lagerini ko‘rgani dunyoning turli mamlakatlaridan sayyohlar tashrif buyurib, o‘z ko‘zlari bilan baraklarni, gazdan zaharlangan odamlarning jasadlari yoqilgan pechkalarni, ochlik bilan qiynoqqa solingan mahbuslarning fotosuratlarini ko‘rib ketishadi. Bu yerga kelgan odam daxshatli Osvensimni hech qachon unutmaydi.

Bizning endilikda o‘tmish va kelajak oldidagi mas’uliyatimiz – o‘sha dahshatli fojialar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni qo‘llashimiz kerak. Biz nafrat va kamsitish mafkuralariga ko‘z yummasligimiz kerak.

Munojat VALIYEVA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!