Qirg‘iziston O‘zbekistonni eng yirik GES qurilishiga jalb qilmoqchi

Qirg‘iziston O‘zbekistonni eng yirik GES qurilishiga jalb qilmoqchi

Qirg‘iziston eng yirik Qambar-Ota GESi qurilishini mustaqil ravishda boshlash niyatida. Birinchi navbatda respublika GES qurilishi uchun barcha kerakli infrastrukturani tayyorlab qo‘ymoqchi: avtomobil yo‘llari va boshqa komunikasiyalar. 

Chet el investorlari qatorida O‘zbekiston ham bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Sputnik Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi rahbari Aytmamat Nazarovga tayanib.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, xozirda texnik-iqtisodiy asoslash tayyorlanib, bir qator investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Xususan, ushbu loyihada O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillarining ishtiroki muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

"Menimcha, biz yaqinda loyihaning boshlanishi haqida e’lon qilamiz. Biz unga milliy maqom berilishini xohlaymiz. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,86 GVt kuchlanishda  6 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi. Hozircha biz kimni investor bo‘lishini ko‘rib chiqmoqdamiz, lekin avval loyihani o‘zimiz boshlab infratuzilmani qurmoqchimiz - yo‘llar, tunnellar, ko‘priklar va qurilish maydonchasini tayyorlash," - dedi Nazarov.

2017 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika Qambar-Ota loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan, ammo aniq muddatlar, shuningdek GESning qaysi bosqichi xususida gap ketmagan. Hozircha O‘zbekiston tomonidan ushbu masala bo‘yicha izoh olinmagan.

Yangi stansiya Toktogul GESiga qaraganda bir yarim baravar kuchliroq bo‘ladi. CASA-1000 loyihasiga ulangan taqdirda, stansiyaning xarajatlarini qoplanishi muddati 12 yilni tashkil etadi. Loyihani ishga tushirish 2012 yilda, "Inter RAO" OAJ bilan shartnoma imzolanganida rejalashtirilgan edi. Biroq, 2015 yilda Qirg‘iziston hukumati birdaniga ikki energetik bitimni denonsasiya qilish tashabbusi bilan chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!