Qirg‘iz–o‘zbek chegarasida 130 metrli yerosti tunneli topildi

Qirg‘iz–o‘zbek chegarasida 130 metrli yerosti tunneli topildi

Jalolobod viloyatida yashovchi fuqaroning uyida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi tunnel aniqlandi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari Suzoq tumani Bekobod qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida O‘zbekistonga olib boruvchi yerosti tunnelini topgan. Mazkur tunnel yuk va odamlarni noqonuniy tashish uchun ishlatilgan.

“Tunnelning chuqurligi 15 metr, umumiy uzunligi 130 metr, Qirg‘iziston davlat chegarasigacha bo‘lgan masofa 50 metr, balandligi esa 1 metr 70 santimetr”, — deya xabar beradi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Kontrabanda kanalini tashkil qilishda gumon qilinib, uy egasi E.A. qo‘lga olingan. Ayni paytda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tunneldan foydalanishni tashkil etishda ishtirok etgan barcha shaxslar, shuningdek, Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlar hamda respublikaga noqonuniy ravishda kirib kelgan tovarlar turlarini aniqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!