Qatarda o‘limga hukm qilingan Hindiston fuqarolari ozod etildi

Qatarda o‘limga hukm qilingan Hindiston fuqarolari ozod etildi

Qatarda josuslikda ayblanib, hibsga olingan va o‘limga hukm qilingan sakkiz nafar hindistonlik ozod etildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi CNNga tayanib.

2022 yil avgust oyida bir guruh Hindiston fuqarolari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, Qatarda hibsga olingan edi. 2023 yil oktyabr oyida Qatar sudi sakkiz fuqaroni o‘limga hukm qildi. Hindiston barcha hibsdagilarning oilalari bilan aloqada ekani va Qatar hukumati bilan hukmni muhokama qilayotganini bildirgan. Dekabr oyida vazirlik jazolar yengillashtirilgani va tez orada hukm o‘zgarishi mumkinligini aytgan.

“Hindiston hukumati Qatarda hibsga olingan Dahra Global kompaniyasida ishlaydigan sakkiz nafar hindistonlik fuqaroning ozod etilishini olqishlaydi. Ularning sakkiz nafaridan yetti nafari Hindistonga qaytib keldi”, – deyiladi Hindiston Tashqi ishlar vazirligining dushanba kuni bergan bayonotida.

Hindiston Qatar davlati Amirining ushbu fuqarolarni ozod qilish va uylariga qaytishlariga imkon berish haqidagi qarorini qadrlashini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!