Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi

Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi

Qashqadaryoda hamshira Xolbeka Boboqulova prezident farmoniga ko‘ra II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

37 yildan buyon hamshiralik faoliyatini olib borayotgan 54 yoshli Xolbeka Boboqulova bemorlarning oldiga eshakda qatnagani bilan mashhur.

Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023

Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi

Ayol Chiroqchi markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan tog‘li Dashtqizilchorva qishlog‘ida yashaydi. Qishloq fuqarolarining uylari bir-biridan 2-3 km uzoqlikda joylashgan.

Hamshira hech qanday texnikaga ega emasligini tan oladi va shuning uchun bemor yordamga muhtoj bo‘lganida, u eshakda yetib boradi.

Ta’kidlanishicha, mas’ullar tomonidan bir necha yil avval qishloqqa mahalliy tibbiyot konteyneri ajratilgan. Hozirda Xolbeka Boboqulova mazkur konteynerdan foydalanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!