Qashqadaryoda fohishalikka majburlangan qiz bolalar ombudsmaniga murojaat qildi

Qashqadaryoda fohishalikka majburlangan qiz bolalar ombudsmaniga murojaat qildi

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga “Istiqbolli avlod” NNT orqali Samarqand viloyati, Past Darg‘om tumanida yashovchi 2008 yilda tug‘ilgan A.D.dan murojaat kelib tushgan.

Qizning bildirishicha, u uyidagi tazyiq va yaqinlari uni tushunmasligi tufayli uydan chiqib ketgan. So‘ng bir tanishi uni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi qandaydir xonadonga olib borgan, mazkur xonadon egasi bo‘lgan ayol esa uni fohishalikka majbur qilgan, lekin muayyan vaqtdan keyin u yerdan qochib keta olgan va ko‘mak so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Tekshiruv natijasida Jinoyat kodeksi 131-moddasi, 4-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani mazkur holat bo‘yicha bolaning manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirishi aytilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!