Qashqadaryoda direktor o‘rinbosari va 10 sinf o‘quvchisi bir biriga musht tushirdi

Qashqadaryoda direktor o‘rinbosari va 10 sinf o‘quvchisi bir biriga musht tushirdi

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati "Kesh news" ijtimoiy tarmog‘idagi (Shahrisabz shahridagi maktablarning birida direktor o‘rinbosarining ko‘ziga yuqori sinf o‘quvchisi musht tushirgani, biroq chora ko‘rilmayotgani) xususidagi tanqidiy post yuzasidan o‘rganish olib bordi. Mas’ullar tomonidan mazkur holat o‘z vaqtida nazoratga olingan.

Shahrisabz shahar «Kamolot» MFY, Ipak-Yo‘li ko‘chasi 160/8-uyda yashovchi fuqaro Kenjayev Shavkat 2024 yil 19 fevrali kuni VIIB 102-qisqa raqamiga murojaat qilgan. Murojaati yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilganda, shu kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli o‘rta umum ta’lim maktabda, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari SH.Kenjayev dars vaqtida o‘quvchilar darsga kirmasdan qor o‘ynaganlari uchun u o‘quvchilarni maktab hovlisidan darsga kirishlarini, gapirib maktab sinfxonasiga kirgizmoqchi bo‘lgan.

Shu paytda 10 f-sinf o‘quvchisi Boqiyev Jasur SH.Kenjayevga qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng SH.Kenjayev o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va J.Boqiyevni urgan, shunda Jasur ham SH.Kenjayevning yuz qismiga musht tushirgan.

Hozirgi kunda o‘quvchi va o‘qituvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!