Putin modernizasiya qilingan Tu-160M strategik raketa tashuvchisida parvoz qildi

Putin modernizasiya qilingan Tu-160M   strategik raketa tashuvchisida parvoz qildi

Strategik Tu-160M qo‘nganidan so‘ng, Rossiya prezidenti uning kuchi va qulayligini ta’kidladi. Rossiya prezidenti parvozdan yaxshi taassurot olgani, samolyotning o‘zi ham ishonchli ekanini aytdi.

«Uskunalar zo‘r, haqiqatan ham yangi avlod! U qurolli kuchlarga qabul qilinishi mumkin», - dedi Putin.

Prezident bir kun avval Tu-160M samolyotida osmonga ko‘tarilishga qaror qildi. Parvoz oldidan tayyorgarlik 45 daqiqa, parvozning o‘zi esa 30 daqiqa davom etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!