PSJ Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi

PSJ Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda turinliklar safini tark etishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi uchun «Real»ga qaytish asosiy maqsad bo‘lib turibdi, biroq madridliklarning transfer bozorida boshqa maqsadlari bor.

Shu bilan birga 36 yoshli futbolchi xizmatlariga PSJdan qiziqish bor, deya xabar qilmoqda AS. «Yuventus» Ronalduni Parijga qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, Turin klubi muzokaralar jarayonida fransuz klubi hujumchilari Mauro Ikardi va Moyze Kinni Ronalduga almashish variantini ham taklif qilib ko‘radi.

Ronaldu A Seriya 2020/21 yilgi mavsumida 27 o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!