Professor: "Koronavirus pandemiyasi endi boshlanmoqda"

Professor: "Koronavirus pandemiyasi endi boshlanmoqda"

Belgiyalik mikrobiolog, professor hamda Ebola va OITS bo‘yicha mutaxassis Piter Piot yil boshida koronavirusga chalinib tuzalgandi. U o‘z tajribasi asosida COVID-19 haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Kun" nashri yozmoqda.

 Eng avvalo, hozirgi inqiroz – ijtimoiy, deb hisoblaydi Piot. Olimning fikricha, koronavirus bo‘yicha rasmiy statistika aslidagidan ancha kamaytirib ko‘rsatilmoqda. Uning taxminiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasallanganlar 20 millionga yaqin.

 «Haqiqat shundaki, biz pandemiyaning boshlanishida turibmiz. Infeksiyaga chalinuvchan insonlar bor ekan, virus yuqaveradi, chunki u yashashi uchun bizning hujayralarimiz kerak», — dedi u. Uning taxminiga ko‘ra, pandemiya bir necha yil davom etishi mumkin.

 Piot vaksina yuz foiz samarali bo‘lishiga shubha qilmoqda va imkon boricha ijtimoiy masofalanishga rioya qilishga chaqirdi.

 Amerikalik olimlar avvalgi gripp epidemiyalarining rivojlanish sur’atlari va koronavirus tarqalishi tezligini o‘rganib chiqdi va COVID-19 tarqalishi yaqin bir yarim-ikki yil ichida to‘xtamaydi degan xulosaga keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!