Prezidentlikka ilk nomzodi ko‘rsatilgan Narzullo Oblomurodov kim?

Prezidentlikka ilk nomzodi ko‘rsatilgan Narzullo Oblomurodov kim?

Narzullo Naimovich Oblomurodov 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda 2000 yilda Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan. Mutaxasisligi iqtisodchi. Iqtisod fanlari nomzodi, dosent.

N.Oblomurodov ko‘p yillar oliy ta’lim tizimida, jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent moliya institutida kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bank-moliya sohasi hamda davlat boshqaruv organlari tizimida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan N.Oblomurodov 2021 yil 1 fevraldan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Narzullo Oblomurodov oilali, uch nafar farzandi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!