Finlyandiya hayvonot bog‘i moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ikkita pandani Xitoyga qaytarib yubordi

Finlyandiya hayvonot bog‘i moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ikkita pandani Xitoyga qaytarib yubordi

Finlyandiya hayvonot bog‘i moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, Lumi va Pyuryu ismli ikkita pandani Xitoyga qaytarib yuboradi. Bu haqda mahalliy OAV Finlyandiya markazida, Xelsinkidan taxminan 330 km shimolda joylashgan Extyari hayvonot bog‘i rahbariyatiga tayanib xabar berdi.

Hayvonot bog‘i rahbariyati hayvonlarning bu yil Xitoyga qaytishini aytdi.

Pandalar 2017 yilda Skandinaviya davlati mustaqilligining 100 yilligini nishonlash uchun Xitoydan sovg‘a bo‘lgan va 2033 yilgacha mamlakatda qolish rejalashtirilgan edi.

Ayni paytda Xitoyning Xelsinkidagi elchixonasi bayonotida aytilishicha, Pekin hayvonot bog‘iga moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berish, jumladan Finlyandiyada faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyalarini hayvonot bog‘iga xayriya qilishga yo‘naltirish uchun harakat qilgan.

Biroq, 2020 yilda koronavirus pandemiyasi va keyinchalik Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro tufayli tashrif buyuruvchilar sonining qisqarishini boshdan kechirgan hayvonot bog‘i bir qator moliyaviy qiyinchiliklarga, jumladan, inflyasiya va foiz stavkalarining oshishiga duch keldi.

2017 yilning aprel oyida Xitoy rahbari Si Tszinpin Finlyandiyaga tashrif buyurib, Finlyandiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashganida Xelsinki va Pekin o‘rtasida 15 yillik shartnoma imzolangan edi. Ushbu kelishuv doirasida 2018 yil yanvar oyida yirik pandalar Finlyandiyaga yetib kelishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!