O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi

O‘zbekiston elchisi Nodirjon Turg‘unov Ar-Riyoz Savdo-sanoat palatasining xalqaro hamkorlik departamenti direktori Mansur al-Ajmiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari o‘rtasida biznes-forum, uchrashuv va tashriflar sonini oshirish, savdo hajmini ikki davlat imkoniyatlariga mos tarzda ko‘tarish va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Podshohlik bozorlariga eksportini ko‘paytirish maslalari muhokama qilindi.

Mansur al-Ajmiy ikki tomonlama hamkorlik ko‘lami kundan kunga rivojlanib borayotganini, ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanayotganini, saudiyalik xususiy soha vakillarining O‘zbekistonda o‘z biznesni yo‘lga qo‘yishga qiziqishi ortayotganini bildirdi.

"So‘nggi yillarda ikki davlat hukumat va xususiy soha vakillarining o‘zaro tashriflar almashinuvi va erishilayotgan kelishuvlar o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshishida muhim rol o‘ynamoqda. joriy yilning 25-28 noyabr kunlari Ar-Riyoz shahrida Xalqaro investisiya forumi va konferensiya o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda o‘zbek tomonining ishtiroki ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", dedi u.

O‘zbekiston diplomatik missiyasi rahbari o‘z navbatida, Saudiya ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegasiyani O‘zbekistonga safarini tashkil etish, Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni" ishbilarmonlar forumini birgalikda o‘tkazish va boshqa takliflarni bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!