Yangi sun’iy intellektli smartfon paydo bo‘lmoqda

A A A
Yangi sun’iy intellektli smartfon paydo bo‘lmoqda

OpenAI, Stiv Jobsning bevasi hamda Apple’ning sobiq bosh dizayneri Joni Ayv bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bilan jihozlangan yangi smartfon yaratish loyihasini ishlab chiqmoqda. Loyiha SpaceX darajasidagi startap sifatida ko‘rib chiqilmoqda va uning qiymati 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Joni Ayv – britaniyalik dizayner bo‘lib, 27 yil davomida Apple’ning bosh dizayneri bo‘lgan. iPhone, iPod, MacBook va Apple Watch kabi qurilmalar uchun minimalist va o‘ziga xos uslubni u kompaniyaning o‘ziga xos belgisiga aylantirgan. 2019 yilda Ayv Apple’dan ketib, LoveFrom nomli o‘zining dizayn studiyasini tashkil qildi, u yerda u arxitektura, moda va texnologiyalar sohasidagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. 2022 yilda Apple u bilan maslahat hamkorligini yakunladi.

Airbnb rahbari Brayan Cheski Joni Ayvni OpenAOI asoschisi Sem Altman bilan tanishtirdi. Ular generativ sun’iy intellekt imkoniyatlari texnologik sanoatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan innovasion qurilmalarni ishlab chiqish uchun katta salohiyatga ega deb hisoblaydi.

LoveFrom hammuassisi Mark Nyuson loyiha hozirda konseptual ishlab chiqish bosqichida ekanligini, va qurilmaning aniq chiqish sanasi hali belgilanmaganligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.