Savatga tushmagan pullar...

Savatga tushmagan pullar...

Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Basketbol federasiyasi ijrochi direktori YU.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MCHJ tashkil qilib, sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federasiyadan 197 mln. so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.

Shuningdek, federasiyaning 1-vise prezidenti X.G. federasiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federasiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federasiyaning 130 mln. so‘m mablag‘lari o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!