"Real" futbolchilariga BMW mashinalari sovg‘a qilindi

"Real" futbolchilariga BMW mashinalari sovg‘a qilindi

"Real Madrid" futbolchilari o‘zlariga homiylik qilingan BMW modellarini tanladilar.

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi BMW uchinchi yildirki Madridga homiylik qilmoqda. Ushbu kelishuv doirasida jamoa futbolchilari va murabbiylari o‘z avtomobillarini tanlashadi. 2024/25 yilgi mavsum uchun tanlov allaqachon qilingan.

Marca nashri xabariga ko‘ra, klub vakillari beshta avtomobil modelidan tanlashlari mumkin edi: iX2, iX, i5, i7, XM.

Eng qimmat modellar - 186 650 yevroga - Vinisius Junior va Lukas Vaskes tomonidan tanlandi.

Jud Bellingem, Kilian Mbappe, Rodrigo, Luka Modrich, Tibo Kurtua, Dani Karvaxal va boshqa bir qator futbolchilar 179 900 yevrolik mashinani olishdi.

Eng arzon modellar Antonio Ryudiger va Aureliyen Tchuameni tomonidan tanlandi - 58 550 yevro.

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 114 450 yevro turadigan mashinani tanladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!