90 dan ortiq davlatlar Yaqin Sharq tinchlik konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

90 dan ortiq davlatlar Yaqin Sharq tinchlik konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

90 dan ortiq davlat Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish tarafdori bo‘ldi. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches BMT Bosh Assambleyasining AQShda bo‘lib o‘tgan 79-sessiyasining umumiy siyosiy muhokamasi chog‘ida gapirdi.

"Mojaro tomonlari va xalqaro hamjamiyat ishtirokida zudlik bilan tinchlik konferensiyasi o‘tkazish zarur", - dedi Pedro Sanches.

Ispaniya bosh vaziri mamlakat Falastin ma’muriyati hukumatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga ishontirdi. U shu yil oxirigacha Ispaniya va Falastin o‘rtasidagi birinchi hukumatlararo uchrashuvni o‘tkazishga va’da berdi. Bu ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun zarur. Mamlakat rasmiylari o‘tgan yilning oktyabr oyida Yaqin Sharqdagi mojaroli vaziyatni hal qilish bo‘yicha konferensiya o‘tkazishni taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!