Isroil bilan chegaralar yaqinida uch davlatdan 40 ming jangchi to‘plandi

Isroil bilan chegaralar yaqinida uch davlatdan 40 ming jangchi to‘plandi

Isroilning Haaretz gazetasining yozishicha, uchta arab davlatidan 40 ming jangchi Golan tepaliklari hududiga kelib, Isroil armiyasi bilan hozirgi to‘qnashuvlarda Hizbullohni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanmoqda.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Isroil armiyasi Livanga qariyb 20 yil ichidagi eng shafqatsiz va keng ko‘lamli hujumni uyushtirdi, natijada kamida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok bo‘ldi va 1835 kishi yaralandi.

📰 Nomi oshkor etilmagan xavfsizlik manbalariga tayangan holda, Haaretz seshanba kuni kechqurun xabar berdi:
Harbiy amaldorlar Suriyaga Iroq, Yaman va Suriyaning o‘zidan kelgan va hozirda Golan tepaliklari yaqinida bo‘lib, Nasrullohning jangga qo‘shilish chaqirig‘ini kutayotgan 40 000 ga yaqin milisiya va yollanma askarlarni ehtiyotkorlik bilan kuzatmoqda.

Haaretz gazetasidagi maqola muallifi Yaniv Kubovichning so‘zlariga ko‘ra, «Hizbulloh katta o‘q-dorilar zaxirasiga ega va ularni nisbatan osonlik bilan ta’minlay oladi, shu bilan birga Isroilning orqa qismiga jiddiy xavf tug‘diradi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!