Livanda jahannam eshiklari ochilmoqda,- Guterrish

Livanda jahannam eshiklari ochilmoqda,- Guterrish

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning bir sutkada yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan hujumlari tufayli Livanning «do‘zax»ga aylanishi xavfidan ogohlantirdi.

BMT Xavfsizlik kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘zlagan Guterrish Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi mojarolar Livan uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytdi.

«Livanda jahannam eshiklari ochilmoqda. Bosh Assambleyada aytganimdek, bu barchamizni tashvishga solishi kerak. Livan tubsizlik yoqasida», - dedi Bosh kotib.

Guterrish Livan suverenitetini hurmat qilish zarurligini ta’kidlab, mamlakat qurolli kuchlarini mustahkamlash bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, oktabr oyidan beri Isroil va Hizbulloh harakati o‘rtasidagi ziddiyat tufayli Livanda 200 mingga yaqin, Isroil shimolida esa 60 mingdan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketgan.

U, shuningdek, «dushanba Livanning avloddagi eng qonli kuni bo‘ldi», dedi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, Guterrish Isroilning dushanba va seshanba kungi hujumlarida 569 kishi, jumladan 50 bola va 94 ayol halok bo‘lgan va 1800 dan ortiq kishi jarohatlangan.

BMT Bosh kotibi tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi va «Livan xalqi, Isroil xalqi va butun dunyo xalqi Livanning boshqa G‘azoga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini» qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!