Chirchiq daryosining 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etiladi

Chirchiq daryosining 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 sentyabr kuni qurilish, ta’lim, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lumki, joriy yil 3 aprel kuni Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishi boshlangan edi. Davlatimiz rahbari bu ulkan loyiha ilm-fan va ma’naviyat maskanlaridan boshlanayotganiga urg‘u berib, “bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, degan edi.

Shulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga olgan majmuadir. U jahonga mashhur “Zaha Hadid architects” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bo‘lajak majmua o‘ziga xos dizayni va funksionalligi bilan diqqatga sazovor. Unda estetika va qulaylik mohirona birlashtirilib, atrof-muhit bilan uyg‘unlik hosil qiladi. Shu jihatlari bilan majmua kelgusida xalqaro turizm maskanlaridan biriga aylanadi.

Yangi Toshkent uchun yana bir salohiyatli go‘sha – Chirchiq daryosi. Aholi va mehmonlarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida uning 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etish mo‘ljallangan. Buning uchun qirg‘oqlar tartibga keltirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi. Mehmonxona, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar maskanlar quriladi.

Keyingi yillarda O‘zbekistoning YUNESKO bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib bormoqda. Ushbu nufuzli tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 15 martdagi qaroriga muvofiq, bunga tayyorgarlik boshlab yuborilgan.

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda rejalar to‘g‘risida axborot berildi. Xususan, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Samarqand shahridagi madaniy meros ob’ektlarini asrash, ular bo‘ylab sayohatlar va ko‘rgazmalar tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. Mehmonxonalar va tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda barcha sharoit yaratiladi. Sessiya ishtirokchilarining kelib ketishi, madaniy tadbirlar, transport va tibbiy xizmatlar muvofiqlashtirib boriladi.

Ijtimoiy sohadagi eng katta yo‘nalishlardan biri bu ta’lim. Aholisining ko‘pchiligi yosh bo‘lgan mamlakatimizda uning barcha bosqichlari izchil rivojlantirilmoqda. Xususan, oliy ta’limda ham yangi maskanlar qurilib, sharoitlar yaxshilanmoqda.

Buxoro davlat universitetida 21 mingdan ziyod yoshlar o‘qiydi, 10 ta fakultet, 8 ta yotoqxona bor. Lekin binolar shaharning turli hududlarida tarqoq joylashgan bo‘lib, o‘qituvchi va talabalarga noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu bois Buxoro shahrining chekkasida universitet uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda. 43 gektarda loyihalashtirilayotgan majmuada barcha fakultetlar, ma’muriyat, yotoqxonalar, laboratoriyalar, kutubxona, stadion, sport zali va amfiteatr yaxlit joylashadi. Dars va amaliyot uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Yotoqxona o‘rni 3 mingtadan 6 mingtaga oshadi. Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etiladi.

Xiva shahri yurtimizning turizm manzillaridan biri. So‘nggi yillardagi bunyodkorlik ishlari natijasida uning salohiyati yanada oshdi. Bu yerga keluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida poyezd vokzali yonida yo‘l o‘tkazgich barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyihaga ko‘ra, 450 metrlik bu yo‘l transportlar qatnovini alohida tashkil etish imkonini beradi, vokzal va Ichan qal’a o‘rtasida piyodalar xavfsiz harakatlanadi.

Davlatimiz rahbari loyihalarni takomillashtirish, amaldagi ishlarning sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Taqdimotda Toshkent shahrida investisiya dasturlarining bajarilishi haqida ham axborot berildi. Qayd etilgandek, joriy yilning o‘tgan davrida 2 milliard dollar qiymatidagi investisiyalar o‘zlashtirilgan. 200 ga yaqin sanoat loyihalari foydalanishga topshirilib, 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Jumladan, Yangihayot tumanidagi texnoparkda 46 ta korxona tashkil etilmoqda.

Prezidentimiz yil yakunigacha mo‘ljallangan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, energiya tejamkorlikka alohida ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Suriyaliklar pul to‘la qoplar bilan banklarga bostirib kirishmoqda

Дамашқдан олинган суратларда одамлар банкларга, баъзан катта ахлат қопларига ўралиб, яроқсиз қоғоз пулларни олиб кетаётганини кўриш мумкин.

Kelajakda Rossiya yangi hududlarni bosib oladi

Айтганча, агар мамлакатимиз таркибига яна янги, лекин бизга жуда яқин ҳудудлар қўшилса, бу тажрибадан келажакда ҳам фойдаланиш мумкин.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Naoya Inoue nihoyat Murodjon Ahmadaliyevga javob qaytardi

Мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ Муроджон Аҳмадалиевнинг чорловига жавоб қайтарди.

Suriyaning yangi rahbari Isroilga signal yubormoqda

Сурия Исроилга қарши ҳужумларни амалга ошириш учун таянч нуқтасига айланмайди.

Uchinchi jahon urushi bo‘yicha taxminlar bildirildi

Американинг Newsweek журнали, агар учинчи жаҳон уруши бошланса, фронт Европанинг шимоли-шарқида чўзилиши мумкинлигини тахмин қилди.

Samarqandda Tesla Cybertruck “prava”siz boshqarilgan

“Ҳолат юзасидан ҳайдовчига нисбатан маъмурий тартибда баённома расмийлаштирилиб, транспорт воситаси вақтинчалик сақлаш жарима майдончасига жойлаштирилган”, – дейилади хабарда.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

«Og‘ir kunlar oldinda»: ruslar Xersonga bostirib kirdi

Россиянинг қўпорувчи гуруҳлари Херсон томон олдинга силжишга ҳаракат қилди. Украина мудофаа кучлари уларни топиб йўқ қилди.

Kiyevdagi «Oreshnik tajribasi» bilan tahdid qilish

Путин ғарбнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Россиянинг янги ўрта масофага учувчи гипертовушли «Орешник» ракетасини тута олмаслигидан мақтанди.

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Ukraina juda maxfiy Amerika dronlaridan foydalanadi

Украина АҚШдан 5 мингдан ортиқ Phoenix Ghost учувчисиз учиш аппаратларини олган, улар ҳақидаги маълумотлар фавқулодда сир сақланади.

NATO «Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda»

Россия ТИВ раҳбари ўринбосарининг фикрича, иттифоқ мамлакатлари совуқ уруш даврида қўлланилган мудофаа режаларига кўп жиҳатдан ўхшаш мудофаа режаларини қабул қилган.

Peskov Putinning «dueli» haqida gapirdi

Россия президенти Владимир Путиннинг Орешник ва Ғарб ҳаво мудофааси ўртасидаги «технологик дуэль» таклифи янги рус ракетасининг заиф томонлари ҳақидаги саволга жавоб бўлди.

WSJ: Tramp va Putin dunyoni bo‘lishib oladi

The Washington Post газетасининг ёзишича, Кремль Украина масаласида муросага келишга тайёр эмас ва музокараларни фақат куч позициясидан олиб боришга интилмоқда.

Bosqinchilar G‘azo shahrida ko‘chirilganlar joylashgan ikkita maktabga hujum qildi

15 киши ҳалок бўлди, 30 киши яраланди.

Putin qiyin ahvoldagi Rossiya iqtisodiyoti haqida qanday fikrda?

Россия Марказий банки жорий йилнинг жума куни навбатдаги йиғилиш ўтказади, унда фоиз ставкаларининг оширилиши кутилмоқда.

Bo‘stonliqda er-xotin va uning 8 yashar o‘g‘li vafot etdi

Бу фожиага ҳам ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Кўкдала туманида МЧЖ раҳбари иситиш тизимини таъмирлашда 934,4 млн сўмни ўзлаштирган.

Putindan keyin Ukraina o‘z shartlarini e’lon qildi

Олий Рада раиси Руслан Стефанчук Украина Россия билан ўз шартлари асосида музокаралар олиб боришга тайёрлигини айтди.

Putin Rossiya razvedka xizmatlarini tanqid qildi

Россия президенти Владимир Путин Россия махсус хизматлари Украинага Россияда «террорчилик ҳужумлари» қилиш имконини берган «энг оғир хатолар»га йўл қўйганини айтди.

Putin Ukrainada har kungi olg‘a siljishlarni da’vo qilmoqda

Президент Владимир Путиннинг таъкидлашича, Россия кучлари Украинадаги асосий мақсадлари сари олға интилмоқда ва ҳар куни муҳим ҳудудларни қўлга киритмоқда.

Putin jurnalistning savoliga keskin javob qaytardi

Россия президенти Владимир Путин америкалик журналистнинг матбуот анжуманида берган саволига кескин жавоб берди.

Arabiston Isroilning Falastin davlatini ochiq tan olish shartidan voz kechdi — OAV

Исроил ва Саудия Арабистони ўртасидаги нормаллаштириш бўйича музокараларда сезиларли «ютуқ»ларга эришилди.

Vyetnamda karaokedagi yong‘inda 11 kishi halok bo‘ldi

Вьетнам жамоат хавфсизлиги вазирлигининг хабар беришича, бир киши “ўт қўйганликда” гумонланиб ҳибсга олинган.

Nigeriyadagi yarmarkada 32 nafar bola halok bo‘ldi

Жароҳатланганлар яқин атрофдаги шифохоналарга етказилган, ҳодиса юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dahshat! Qashqadaryoda ota va uning 3 farzandi vafot etdi

Фожиага ис газидан заҳарланиш сабаб бўлган.

Tarkibida taqiqlangan modda bo‘lgan ozdiruvchi qahva mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kelgan fuqaro qo‘lga olindi

“Тошкент-АЭРО” ихтисослаштирилган божхона комплекси ходимлари таркибида кучли таъсир қилувчи моддалар бўлган оздирувчи қаҳва маҳсулотларининг республикамиз ҳудудига олиб кирилиши ва ички ҳудуддаги яширин айланмасига чек қўйишди.

Zelenskiydan Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyormisiz, deb so‘rashdi

Украина армияси ўз кучи билан Қрим ва Донбассни қайтариб ололмайди, деди Украина президенти.

Ukrainadagi rus qo‘shinlari soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda

Украинадаги рус қўшинлари сони доимий равишда ўсиб бормоқда ва фронтда вазият жуда кескин.

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Камол Адвон касалхонасининг ҳамширалик бўлими раҳбари Ийд Сабба Ғазонинг шимолидаги муассасада кечган тунни «даҳшатга тўла» деб таърифлади.

Suriyada 100.000 dan ortiq jasadi bo‘lgan ommaviy qabr topildi

Сурия Фавқулодда Ишчи Гуруҳи раҳбари Мустафо Сурияда бундай оммавий қабрлар бундан ҳам кўп бўлиши мумкинлигини тан олди.