Polsha O‘zbekistonda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

Polsha O‘zbekistonda farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

Polsha farmasevtika sanoati uyushmasi prezidenti Kshishtof Kopes boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Delegasiya tarkibiga Polpharma Group va Adamed kabi Polshaning eng yetakchi farmasevtika kompaniyalari vakillari kiritilgan.

Polsha tomoni safar davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va Tashkent Pharma Park klasteri faoliyati bilan tanishadi.

Mamlakatning Varshavadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrifdan maqsad O‘zbekistonda Polpharma Group va Adamed kabi yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!