Polsha NATO roziligisiz Ukraina osmoni uzra Rossiya raketalarini urib tushirmaydi

Polsha NATO roziligisiz Ukraina osmoni uzra Rossiya raketalarini urib tushirmaydi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, milliy mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOda bunday konsensus yo‘q. Vazir mojaro avj olishini istamasligini bildirgan Oq uyning pozisiyasiga ishora qildi.

"Biz Ukraina mudofaasining samarali bo‘lishi yo‘llarni izlayapmiz, lekin keskinlashuvni istamaymiz. Keskin qadamlar ukrainaliklar uchun ham, polyaklar uchun ham, umuman hech kim uchun yaxshi bo‘lmaydi", — deya ta’kidladi AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya raketalarining Polsha havo mudofaasi tomonidan Ukraina hududi uzra yo‘q qilinishi ehtimoli Kiyev va Varshava tomonidan imzolangan xavfsizlik shartnomasida qayd etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!