Piskentdagi mahallalarning birida suv toshqinining oldi olindi

Piskentdagi mahallalarning birida suv toshqinining oldi olindi

Joriy yilning 26 may kuni soat 16:00 lar atrofida Toshkent viloyati Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Toshkent viloyati Piskent tumanining Olmaliq shahri bilan chegaradosh bo‘lgan “Namuna” MFY hududidan oqib o‘tuvchi anhorga daraxtlarning singan shox-shabbalari tushib, anhordagi suv yo‘lining to‘silib qolganligi natijasida suv anhor qirg‘oqlaridan toshib chiqayotganligi, buning oqibatida aholi uy-joylariga xavf yuzaga kelayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib borgan Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Qutqaruvchilarning tezkor amaliy harakatlari natijasida xavf bartaraf qilinib, yashash uylariga zarar yetishining oldi olindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!