Pentagon: Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda

Pentagon: Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishda davom etmoqda va KXDR Rossiyani qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx ma’lum qildi, deya xabar beradi «Report».

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol-yarog‘ ta’minoti ortib bormoqda. Singxning ta’kidlashicha, gap har xil turdagi qurollar haqida ketmoqda.

«Biz Rossiyaning Ukrainadagi urushini qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun Shimoliy Koreya va Eron kabi sheriklariga murojaat qilayotganini ko‘ryapmiz. Bilasizmi, qancha vaqt o‘tmasin, biz Ukraina bilan birga bo‘lamiz».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!